05 mar 22:24
Yangiliklar
Birinchi kungi bahslardan so'ng umumjamoa hisobida 7-o'rindamiz!
Bugun erkaklar -60, -66 kg, ayollar esa -48, -52 va -57 kg vazn toifalarida tatamiga chiqishdi. Birinchi kungi bellashuvlar yaponiyalik dzyudochilar uchun ataldi. Dzyudo vatani vakillari 3 ta oltin, 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallab turishibdi. Bitta oltin, 2 ta kumush medalga ega Mo'g'uliston terma jamoasi ikkinchi pog'onani band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 1 ta oltin, 1 ta bronza medali bilan Janubiy Koreya terma jamoasi yakun yasagan.
O'zbekiston terma jamoasi aka-uka Sardor va Kemran Nurillaevlarning bronza medallari sabab 7-o'rindan joy olgan. Bizdan oldingi pog'onalarda Qozog'iston, Xitoy Taypeyi va Serbiya terma jamoalari joylashishgan. Franciya, Germaniya, Rossiya va SHveycariya esa TOP-10ni yakunlab bergan. Nomlari tilgan olingan jami 11 ta terma jamoaga bugungi bahslarda kamida bitta medal olish nasib etgan.
Fikrlar