07 apr 09:07
Yangiliklar
Dzyudo
Birinchi kungi bahslardan so'ng umumjamoa hisobida kuchli uchlikdamiz + JADVAL
Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning birinchi kungi bahslaridan so'ng O'zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallab turibdi. Delegaciyamizga oltin medalni Sardor Nurillaev (-66 kg) taqdim etdi.
Ikkita oltin medalga ega bo'lib turgan Xitoy terma jamoasi kutilmaganda birinchi o'rinda bormoqda. Bitta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega Janubiy Koreya terma jamoasi ikkinchi pog'onadan joy olgan. Dzyudo vatani vakillari - Yaponiya terma jamoasida 1 ta oltin medal bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar