04 may 11:36
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol Alvaresni mag'lub etishga ishonmoqda
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol Saul Alvares bilan bo'lajak jangi haqida gapirdi.
Bivolning takidlashicha, u jangda g'olib bo'lishiga ishonchi komil, garchi yaqqol autsayder bo'lsada.
"Agar Kaneloni mag'lub etsam, bu mening yaxshi bokschi ekanligimni anglatadi. Bu jangda g'alaba qozona olishimga ishonchim komil. Barchamiz ham oddiy insonmiz.
Men yaxshi mahoratga egaman. Havaskor va professional boksda ko'p bora g'alaba qozonganman", - dedi Bivol Los Angeles Times En Espanol YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Bivol-Alvares jangi 7 may kuni Las-Vegas (AQSH)da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar