27 dek 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol Beterbiev bilan revansh qanday o'tishini taxmin qildi
Rossiyalik bokschi Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi birinchi jangni esladi.
Ular 12 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida jang qilishgan va unda Beterbiev ochkolar evaziga g'olib bo'lgandi.
"Men birinchi jangdan ko'p narsa o'rgandim. O'shanda olgan bilimim menga revanshga yaxshiroq tayyorlanishga imkon beradi. Bu menga o'zimni yanada qulay his qilishga yordamlashadi. Revansh nisbatan ochiqroq o'tadi deb o'ylayapman.
Beterbiev albatta yaxshi. Uning kuchli zarbasi bor. SHuningdek, uning boshqa ko'nikmalari ham etarli. Ishonamanki, ikkinchi jang birinchisidan ham qiziqroq bo'ladi. Biz bir-birimizni bilamiz. Nima kutish mumkinligini tushunamiz. Menimcha jang ochiqroq bo'ladi", - dedi Bivol.
Eslatib o'tamiz, revansh 22 fevral kuni Ar-Riyodda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : Fight Hub TV
Fikrlar