19 fev 19:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol: "Hozir Arturni masalasini hal qilib olishim kerak. Revanshdan keyin esa..."
Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi revansh haqida fikr bildirdi.
"Hozirda faoliyatimni davom ettirish uchun juda ko'p variantlar bor. Beterbiev bilan trilogiya, Kanelo bilan revansh, Benavides bilan jang.
Aynan hozir bo'lajak ehtimoliy janglar haqida o'ylaydigan payt emas. Bu Artur bilan revanshga tayyorgarlik ko'rish uchun yordam bermaydi. Barcha narsa bo'lishi mumkin. Balki o'zimni birinchi og'ir vazn toifasida sinab ko'rarman, nima uchun yo'q?
Kanelo bilan revansh? U haqida o'ylamayapman. 22 fevraldan so'ng kim bilan jang qilishimning farqi yo'q. Aynan hozir menda Arturga qarshi tugallanmagan ish bor. SHundan so'ng agar menga keyingi raqib haqida taklif tushsa, uning kimligini muhokama qilib o'tirmayman", - dedi Bivol.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar