30 jan 13:05
Yangiliklar

Bivol Messi haqida: "SHunday inson borligi menga ilhom bag'ishlaydi"
- Messi va uning so'nggi jahon chempionatidagi o'yini haqida gapirdingiz. Ayta olasizmi, Rossiya futbol chempionatida sizning sevimli jamoangiz yoki futbolchi bormi?
- Messining o'yiniga qoyil qoldim deb ayta olmayman. CHunki o'yinlarni hammasini ham ko'rganim yo'q. Umuman olganda esa unga qoyil qolaman. Men sportchi sifatida hamma narsaga erishgan tirik afsonalar borligidan juda xursandman. Futbolchi bo'lmasam ham, dunyoda shunday inson borligi menga ilhom bag'ishlaydi.
Rossiya futboliga kelsak, uni kuzatmayman. Sababi sport musobaqalarini ko'rish uchun vaqtim etarli emas. Futbol o'ynashni yaxshi ko'raman, lekin kamdan-kam futbol tomosha qilaman. Faqat jahon va Evropa chempionatlari, ayrim katta nomga ega o'yinlarni tomosha qilaman.
- Messini buyuk shaxs sifatida ko'rishingizni aytdingiz. Siz uchun boshqa sport turlarida ham unga o'xshaganlar insonlar bormi?
- Albatta! Masalan, Maykl Jordan. U nafaqat sportchi, balki faoliyatini yakunlaganidan keyin biznesmen sifatida ham meni qoyil qoldiradi.
Fikrlar