06 apr 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol nimaning evaziga Beterbievni mag'lub etganini aytdi
Yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol Artur Beterbievga qarshi revansh jangda nimaning evaziga g'olib bo'lganini aytdi.
Bivol ushbu jangda hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongandi.
"Ikkinchi jang ancha yaxshi bo'ldi. Birinchi jangda orttirgan tajriba yordam berdi. Biz muayyan elementlarga ko'proq etibor qaratdik. Mashg'ulotlar ham keng qamrovli emas, balki aniq yo'nalishda bo'ldi. Yutqazganim o'zimga umuman yoqmagandi, chunki bu kamarlarni olishni judayam istardim. Barchasini to'g'rilashni xohlardim. Bu faqat kamar uchun emas, balki o'zimga yaxshiroq bo'la olishmni isbotlash uchun ham kerak edi. SHu bilan birga, birinchi jangga nisbatan ruxiy tomondan engilroq bo'ldi. Masuliyat juda katta emasdi. SHu bois hammasi yaxshi chiqdi", — dedi Bivol.
Havola :
Manba : Exclusive KG
Fikrlar