08 sen 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol operaciyadan so'ng mashg'ulotlarga qaytganini elon qildi (VIDEO)
Rossiyalik professional bokschi, yarimog'ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol avgust oyida belidan qilingan jarrohlik amaliyotidan so'ng mashg'ulotlarga qaytdi.
"Har bir takror, har bir tomchi ter 2026 yilda ringga qaytishim uchun yoqilg'i bo'ladi. Tiklanish yo'li oson emas, lekin diqqatimni to'liq jamlaganman", deya quyidagi videoni izohlagan Bivol.
Dima so'nggi jangini shu yilning fevral oyida Artur Beterbievga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar