08 may 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

Bivol va Alvares ishtirokidagi markaziy jang yakunlandi
Hozirgina Las-Vegas shahrida navbatdagi boks kechasi bo'lib o'tdi.
Kechaning markaziy jangida yarimog'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Dmitriy Bivol supero'rta vazn mutlaq jahon chempioni Saul Alvaresga qarshi ringga ko'tarildi.
12 raundga mo'ljallangan bahs to'liq davom etdi. Jang to'liq Bivolning ustunligi ostida o'tdi va ochkolar (115-113, 115-113, 115-113) hisobiga ko'ra g'alaba qozondi va o'ziga tegishli bo'lib turgan kamarni himoya qildi.
SHu tariqa, Bivol professional boksdagi yigirmanchi jangida ham g'alaba qozondi.
Saul esa faoliyatidagi ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar