02 mar 09:59
Yangiliklar
Boks/MMA
Bivol va Beterbiev ESPN'ning P4P reytingidan chiqarildi
Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev nufuzli ESPN portalining eng yaxshi bokschilar reytingini tark etdi.
ESPN sport muharrirlarining bu qaroriga rossiyalik bokschilarning faol emasligi sabab bo'ldi.
Ularning so'nggi jangi bir yildan ko'proq vaqt oldin, 2025 yil 23 fevralda bo'lib o'tgan edi. O'shanda Bivol ochkolar bo'yicha g'alaba qozongandi.
Etiborga molik jihati shundaki, so'nggi jangida Terens Kroufordga yutqazgan va o'shandan beri jang qilmagan meksikalik Saul Alvares eng yaxshi o'ntalikda qolmoqda.
ESPN P4P reytingi:
1. Aleksandr Usik (24-0)
2. Naoya Inoue (32:0)
3. Jessi Rodriges (23-0)
4. SHakur Stivenson (25-0)
5. Devid Benavides (31-0)
6. Junto Nakatani (32-0)
7. Devin Xeyni (33:0)
8. Jeyron Ennis (35-0-0)
9. Saul Alvares (63-3-2)
10. Verjil Ortis (24-0).
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar