10 fev 13:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322300_220.jpg)
Bivol va Beterbiev o'rtasidagi uchinchi jang qay holatda o'tkazilishi malum bo'ldi
Professional boks olamining asosiy investoriga aylangan Turki al-ash-SHeyx bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o'rtasidagi uchinchi jangni o'tkazish shartlarini malum qildi.
The Ring nashrining Turki al ash-SHeyxga tayanib xabar berishicha, bu faqat Bivol revansh jangida Beterbievni mag'lub etgan taqdirdagina amalga oshadi.
Beterbiev va Bivol o'rtasida yarimog'ir vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun birinchi jang 2024 yilning 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tgandi. O'shanda 12 raund to'liq davom etgan jangda Beterbiev hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Bokschilar o'rtasidagi revansh jangi 22 fevral kuni aynan Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tadi. O'sha oqshomda hamyurtimiz Isroil Madrimov WBC Interim chempioni amerikalik Verjil Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : TheRing
Fikrlar