28 avg 10:22
Yangiliklar
Bivol va Smit chempionlik jangi sanasi hamda joyini kelishib oldi
WBO prezidenti Gustavo Oliveri yarim og'ir vazn toifasida (79,2 kg gacha) WBA Super, IBF, WBO, The Ring va IBO chempionlik kamarlari sohibi rossiyalik Dmitriy Bivol hamda majburiy davogar britaniyalik Kallum Smit chempionlik jangini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishganini malum qildi.
"WBO chempionlik janglarini tashkil etish qo'mitasi RCC Boxing kompaniyasidan (WBO chempioni Dmitriy Bivol nomidan) va Matchroom Boxing kompaniyasidan (majburiy davogar Kallum Smit nomidan) yozma tasdiq oldi. Unda tomonlar chempionlik jangi shartlari, jumladan uning sanasi va o'tkazilish joyi bo'yicha kelishuvga erishgani bildirilgan.
WBO tomonlarga jang sanasi, manzili va tadbirning barcha tafsilotlarini o'z vaqtida rasman elon qilish huquqini beradi", — deb yozdi Oliveri ijtimoiy tarmoqda.
Fikrlar