10 avg 12:02
Yangiliklar
Bivolning murabbiyi Kanelo va CHarlo o'rtasidagi jang favoriti kimligini aytdi
"Qo'pol qilib aytganda, Kanelo ushbu jangda yaqqol favorit. CHarloning biror jihati Gennadiy Golovkin yoki Jon Rayderdan ustun emas, balki, yomon ham emasdir. Amerikalik jangchi o'z boshidan yuqoriga sakray olmaydi. Garchi uning tana tuzilishi yomon bo'lmasa-da, anchagina katta. SHunda ham Alvaresning g'alabasini taxmin qilyapman.
Bokschi sifatida Saul biroz sanatkorroq: turfa xillik yuqori, texnikasi yaxshiroq va aqlliroq. Balki shungadir, CHarloda g'alaba uchun imkoniyatlar kam. Agarda kimdir mening fikrimga qo'shilmasa, jangning o'zi kim haqligini isbotlaydi.
Menimcha, ushbu jangdan keyin Alvares Bivolga "vyzov" tashlamasa kerak. Uning shartnomasi 3 jang uchun mo'ljallangan. Ushbu janglarni o'tkazmaguncha, revansh janglari bo'lmaydi. Va buning gap-so'zlari ham. Bilishimcha, shartnomasida uning raqiblari ham ko'rsatilgan", - dedi Gennadiy Mashyanov.
Fikrlar