11 mar 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
"Biz Jons bilan shartnoma imzolaymiz, u o'zi loyiq bo'lgan pulni oladi" - Jeyk Pol
Jeyk Pol UFC sobiq chempioni Jon Jons bilan shartnoma imzolashga tayyor.
Pol o'zi egalik qiluvchi MVP promouterlik kompaniyasida Jon Jonsni ko'rmoqchi.
"Biz u bilan shartnoma imzolaymiz, yuz foiz. Jon, sen uchun MVP da eshiklarimiz doimo ochiq. Biz barchasini tashkil qilamiz va sen loyiq bo'lgan summani beramiz", - dedi Pol.
Avvalroq, UFC'ning boshqa bir sobiq chempioni Frensis Ngannu MVP turnirlaridan birida jang o'tkazishi anons qilingandi.
Havola :
Manba : NetflixSports
Fikrlar