17 may 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

"Bizda jang uchun uchta strategiya bor". Oliveyraning murabbiyi Topuriyaga qarshi jang rejasigi oshkor qildi
Diego Lima, braziliyalik sobiq UFC chempioni CHarlz Oliveyraning murabbiyi shogirdining bo'lajak jangi rejasi haqida gapirdi.
CHarlz Oliveyra - Iliya Topuriya jangi 29 iyun kuni AQSHning Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 317 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Topuriyaga qarshi jang uchun birgina strategiya, yani reja bilan tayyorgarlik ko'rib bo'lmaydi. Boisi, u universal jangchi. Iliyaning dahshatli zarbasi bor. Buni hamma biladi. Parter va kurashi juda kuchli. Hozir jang uchun bir nechta variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Maqsadimiz jangni to'liq nazorat qilish. Jang uchun tayyorlayotgan uchta asosiy strategiyamiz bor. Ularning har biri ustida ishlayapmiz", — deya Diego Limaning so'zlarini keltirmoqda AGFight.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar