23 apr 13:19
Yangiliklar
Blaxovichning hamyurti Guskov bilan ehtimoliy jang haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritdi
Ivo Baranevskiy mazkur turnirda jarohat olgan hamyurti Yan Blaxovichning o'rniga Bogdan Guskovga raqib sifatida taklif qilingandi.
"UFC men haqimda o'ylaganidan xursandman. Hozir shu variantni ko'rib chiqyapmiz. Bogdanga qarshi jang katta imkoniyat va shu bilan birga, tavakkal ekanini yashirmayman. Biroq hozir menejerim bilan Mik Meynard o'rtasida qizg'in muhokama ketyapti. SHundan keyin ko'p narsa oydinlashadi", - deydi Ivo.
Malumot uchun, 27 yoshli Ivo Baranevskiy hali faoliyatida mag'lubiyatga uchramagan. U birinchi raundda Ibo Aslan va Ostin Leynni nokautga uchratib, UFC’da ikki g'alabali seriya bilan kelmoqda. Ayni paytda polshalik 6 iyun kuni Las-Vegasdagi turnirda Billi Elekanaga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlik ko'rmoqda.
UFC’dagi debyut jangida Volkan Ozdemirga muddatidan oldin mag'lub bo'lgan 33 yoshli Bogdan Guskov esa o'sha yagona mag'lubiyatini to'rtta muddatidan oldingi g'alaba bilan yopdi. O'tgan yilning dekabr oyida Yan Blaxovich bilan durang natija qayd etdi. Ayni paytda hamyurtimiz Liganing yarim og'ir vazn toifasi reytingida kuchli o'ntalikni yakunlab turibdi.
Fikrlar