01 iyu 15:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Bloger Logan Pol faoliyatini yakunlaydi, agar...
Bokschi va videobloger Logan Pol boks bo'yicha beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerni mag'lub eta olsa, sportdagi faoliyatini yakunlashini malum qildi.
"Men uni nokautga uchrataman va sayyoramizdagi eng buyuk bokschiga aylanaman. Keyin esa faoliyatimni xotirjam tugataman, Floydga esa revansh bermayman.
U ringga kim bilan chiqayotganini tushunmaydi. U meni faqat yutuber deb o'ylaydi. U haqiqatan ham meni soxta jangchi deb qaraydi. Lekin o'zini yomon his qiladi, chunki u meni kamsitadi", - deya Polning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Mayvezer - Pol jangi Toshkent vaqti bilan 7 iyun kuni tong saharda bo'lib o'tadi. Avvalroq, kelishuvga muvofiq Meyvezer 160 funt (72,5 kg), Pol esa 190 funt (86,2 kg) vaznda jang o'tkazishi haqida xabar berilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar