18 jan 08:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum 2016 yilgi Olimpiada chempioni bilan shartnoma imzolamoqchi
"Top Rank" promouter kompaniyasi rahbari Bob Arum navbatdagi "topilma" bilan shartnoma imzolamoqchi.
Arum Rio-2016 yozgi Olimpiya o'yinlarining og'ir vazn toifasida oltin medalni qo'lga kiritgan Toni Yoka bilan shartnoma imzolash uchun Franciyaga tashrif buyurdi.
Arum 27 yoshli francuz uchun bahor faslidayoq jang tashkil qilib bermoqchi. Malumot uchun, Toni professional boksdagi debyutini 2017 yilda o'tkazgandi. O'shandan so'ng, u doping testida ishtirok etishdan uch marta bosh tortgani uchun bir yilga boksdan chetlatilgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar