16 fev 14:37
Yangiliklar

Bob Arum Beterbiev - Jo Smit jangi qachon bo'lishini aytdi
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arumning malum qilishicha, IBF/WBC yo'nalishlari chempioni Artur Beterbiev va WBO chempioni Jo Smit o'rtasidagi yarimog'ir vazn toifasidagi birlashtiruvchi jang iyun oyida bo'lib o'tadi va g'olib oktyabr yoki noyabrda Britaniyada Entoni Yard bilan jang qiladi.
"Jo Smit va Artur Beterbiev o'rtasida birlashtiruvchi jang bo'lib o'tadi. Artur Beterbievda ikkita (IBF va WBC) va Jo Smitda WBO chempionlik kamarlari bor, agar, "Kanelo" shundan keyin jang qilmasa - men bunga ishonmayman - biz bundan xursand bo'lamiz. Beterbiev yoki Jo Smit, kuzda Londonda Entoni Yard bilan jang qiladi", - deb aytib o'tgan Arum.
Beterbiev so'nggi jangini AQSH vakili Markus Braunga qarshi o'tkazgan. Jang Monrealdagi professional boks oqshomi doirasida bo'lib o'tgan va unda Artur Beterbiev nokaut evaziga g'olib bo'lgan. Rossiyalik bokschining hisobida 17 ta jangda qo'lga kiritilgan 17 ta g'alaba mavjud. Janglarning barchasi nokaut bilan yakunlangan.
Fikrlar