08 avg 17:35
Yangiliklar
Bob Arum Fyuri - Usik ehtimoliy jangi haqida gapirdi
Arumning so'zlariga ko'ra, u ukrainalik bokschining g'alaba qozonishini istaydi.
"Usik Joshuadan ko'ra iqtidorliroq. U shubhasiz tezroq bokschi. Men Usikning mutlaq chempionlik uchun kurashishini istardim. Hammasi boshqacha bo'lishi mumkin" — deya Bob Arumning so'zlarini keltiradi Boxing Scene.
Arum Usik Fyuri bilan mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jang qilishini istashini aytdi.
"Usik Joshuani mag'lub etadi deb umid qilaman. Sababi Ukraina jamoasi bilan allaqachon gaplashdim. O'ylaymanki, Aleksandr Taysonga qarshi jang qilishdan juda xursand bo'ladi. Bu jangni dekabrda yoki kelasi yilning boshida bo'lishiga umid qilaman", — deya qo'shimcha qildi Arum.
Eslatib o'tamiz, Usik - Joshua revansh jangi 20 avgust kuni Jidda shahrida Super Dome arenada bo'lib o'tadi.
Fikrlar