08 iyu 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Ko'pchilik u Inoueni mag'lub etishiga ishonyapti"
Top Rank bosh direktori Bob Arum ikki yapon bokschisi - Junto Nakatani hamda Naoya Inoue o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Ko'pchilik Nakataniga nisbatan Inoueni mag'lub eta oladigan bokschi sifatida qarashadi. SHuning uchun bu juda katta jang. Bu haqiqiy jang. Haqiqatan ham pastroq vazn toifalarini tushunadigan odamlar bu jangni Kanelo va Kroufordniki kabi qiziqarli, deb o'ylashadi. Bu Yaponiya tarixidagi eng buyuk jang bo'ladi. O'ylaymanki, Inouedan keyin Nakatani bugungi kunda eng yaxshi yapon bokschisi", deydi Arum.
Malumot uchun, Naoya Inoue keyingi jangini 14 sentyabr kuni Yaponiyada o'zbekistonlik Murodjon Ahmadalievga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar