13 okt 10:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: Lomachenko - men Ali davridan keyin ko'rgan eng kuchli bokschi!
"Top Rank" promoturlik kompaniyasi rahbari Bob Arum WBC Franchise, WBA, WBO chempioni Vasiliy Lomachenko (14-1, 10 KO) haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Odamlar buni eslashmaydi, chunki ular hali tug'ilishmagan edi. Ammo, Muhammad Ali o'zining yuqori cho'qqiga chiqgan, uch yarim yil ringga chiqmagan paytgacha u aql bovar qilmas darajada texnikaga ega bokschi edi.
Muhammad Alida masofani his qilish kuchli bo'lgan. U ringda hali hech kim ko'rmagan usulda harakat qilardi. Lomachenkoda texnika tarafdan xuddi shunga o'xshash jihatlar bor.
Lomachenko - men Ali davridan keyin ko'rgan eng kuchli bokschi! Unda boshqa hech kimda yo'q kuch bor. SHu bilan birga uning yonida ajoyib murabbiy, yani uning otasi bor.
Havola :
Manba : LOMA Official TV
Fikrlar