01 avg 15:20
Yangiliklar
Bob Arum Lomachenko - Stivenson jangi chempionlik kamari uchun bo'lishini aytdi
Arumning so'zlariga ko'ra amaldagi mutlaq jahon chempioni Devin Xeyni Rejis Progreysga qarshi jang qilish uchun yarim o'rta vazn toifasiga o'tishni rejalashtirmoqda.
"O'ylashimcha, agar Xeyni Progreysga qarshi jangga qilsa, WBC kamari bo'shab qoladi va Stivenson buning uchun Lomachenkoga qarshi jang o'tkazadi. Avgust oyida bu jang bo'yicha muzokaralarni boshlaymiz.
Kelajakda Xeyni - Stivenson jangi tashkil etilishi mumkinmi? Hamma narsa bo'lishi mumkin. Lekin, menimcha Xeyni birinchi yarimo'rta vazn toifasiga o'tishni xohlaydi. Ishonamanki, agar Devin u erga borsa hech qachon qaytib kelmaydi", - dedi Bob Arum.
Eslatib o'tamiz, Xeyni va Progreys o'rtasidagi jang 28 oktyabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadi.
Fikrlar