28 mar 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Bob Arum: "Men Fyuriga endi boksga qaytmaslikni maslahat bergan bo'lardim"
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri haqida fikr bildirdi.
"Fyuri nafaqada baxtli hayot kechirishi kerak. Menimcha, u ringga qaytmasligi lozim. Oxirgi yillarda u shunchalik ko'p pul ishladi-ki, uning oilasi hech qachon pulga muhtoj bo'lmaydi. Men unga hech qachon qaytmaslikni maslahat beraman.
Agar u qaytishni istasa va "Top Rank" bilan hamkorlik qilishni xohlasa, biz tayyormiz. Bu uning shaxsiy qarori bo'ladi", - dedi Arum.
Havola :
Manba : Sky Sports
Fikrlar