26 iyu 14:26
Yangiliklar
Dzyudo

Bobonov Ulan-Bator “Katta Dubulg'a” turniri finalida tatamiga chiqdi
Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha “Katta Dubulg'a” turkumiga kiruvchi nufuzli turnirning uchinchi kun final bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina -90 kg vazn toifasida Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori Davlat Bobonov ishtirokidagi final uchrashuvi yakunlandi. Hamyurtimiz oltin medal uchun kechgan bellashuvda rossiyalik Mixail Igolnikovga qarshi tatamiga chiqdi.
Bobonov IJF bayrog'i ostida kurashgan raqibiga imkoniyatni boy berib, Ulan-Bator “Katta Dubulg'a” turniri kumush medali hamda qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar