10 fev 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmon Baturov va Odiljon Aslonov bugun prof boksdagi navbatdagi janglarini o'tkazadi (Barcha malumotlar)
Bugun Rossiya Federaciyasining Ekaterinburg shahrida joylashgan "Uralec" majmuasida RCC Boxing promouterlik kompaniyasi o'zining navbatdagi janglar oqshomini tashkil etadi.
Etiborlisi, musobaqa doirasida uch nafar o'zbekistonlik charm-qo'lqop ustalari ham ringga ko'tariladi.
Ikkinchi o'rta vaznda 8 raundlik jang: Odiljon Aslonov (6-0-1) - Rafi Xchoyan (Gruziya, 2-1-1)
Yarim o'rta vaznda 8 raundlik jang: Bobousmon Baturov (2-0-1) - Tixon Netyosov (Rossiya, 11-5-0)
Og'ir vaznda 8 raundlik jang: Mirzohid Abdullaev (3-2-1) - Georgiy Yunovidov (Rossiya, 8-1-0).
Turnirning markaziy jangida Zaur Abdullaev sobiq Jahon chempioni Rojer Guterres bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, janglar Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi. Turnirni YouTube platformasidagi RCC Boxing kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar