03 noy 13:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Bobousmonning asosiy raqibi:CHempionatga hamma katta tayyorgarlik bilan kelgan
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati davom etmoqda.
-69 kg vazn toifasida Bobousmon Baturovga asosiy raqib sifatida qaralayotgan yosh va iqtidorli bokschi Bilolbek Mirzarahimov YOTJ1 vakili Firdavs Jumozovni engib keyingi davra masalasini hal qildi.
Mirzarahimov jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“CHempionatga hamma katta tayyorgarlik bilan kelgan. Vaznimda Javlonbek Yo'ldoshev, Bobousmon Baturovlarni asosiy raqib sifatida qayd etishim mumkin. Agarda finalga Baturov bilan chiqadigan bo'lsam, kim ko'p mehnat qilgan bo'lsa o'sha yutadi. Kubok uchun bellashaman va bu yo'lda yoshlarning imkoniyatlarini yuqori baholayman“- dedi Bilolbek Mirzarahimov.
Sarvinoz Raxmonqulova
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar