So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

15 jan 19:21
Yangiliklar

Boks/MMA

Bobur Qurbonov Nursulton Ro'ziboevni mag'lub etgani haqida gapirdi

Bobur Qurbonov yana bir aralash yakkakurash ustamiz Nursulton Ro'ziboev haqida fikr bildirdi.

O'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Bobur Qurbonov Olamsport.com saytiga bergan intervyusida UFC'ga o'tishi kutilayotgan Nursulton Ro'ziboev haqida fikr bildirdi.

— Universal jangda Nursulton Ro'ziboev bilan jang qilgan ekansiz?

— O'sha paytda harbiy xizmatda, paxta terimida edim. Deyarli ikki oy paxta yig'im-terimida bo'ldik. Keldim, bir hafta harbiy qismda bo'ldik. Keyin CHirchiqqa musobaqaga olib ketishdi. Birinchi jangda Nursulton bilan to'g'ri kelib qoldim, lekin o'sha paytda Nursultonni tanimas edim. Bilsam, oddiy fuqarolikdagi bola ekan, shu holida harbiylar o'rtasidagi musobaqaga qo'yilgan, mashg'ulot qilib yurgan bola ekan. Nursultonni yutdim, lekin qo'limni jarohatlashdi. Afsuski, o'sha jangdan keyin yarim finalga chiqishim kerak edi, ammo... Nursulton kelib: Aka, sizni hurmat qilaman, sizni taniyman degandi. Hurmati yaxshi ekan. Alloh taqdir qilgan ekan, o'shanda ochkolar hisobiga g'alaba qozonganman.

— Hozir Nursulton Ro'ziboev bilan munosabatingiz qanday?

— Munosabatimiz yaxshi, salom-aligimiz bor. Aytganimdek, kibrga berilmagan, hurmatni joyiga qo'yadigan yigit. Ko'p MMA janglarida birga bo'lganmiz. Irodali bola, bir marta ko'zimni yonida mag'lub bo'lgan edi. O'shanda juda tushkunlikka tushib qolgandi. Men o'sha paytda sportni tashlab ketsa kerak deb o'ylagan edim. Yo'q, mana yana o'zini tiklab oldi. Hozir O'zbekistonda uni kimsan Nursulton Ro'ziboev deb bilishadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing