09 dek 16:08
Yangiliklar
Boks/MMA
Bobur Tagiev MMAdagi ikkinchi jangiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
O'zbekistonlik professional muay-tay ustasi, hozirda faoliyatini MMAda davom ettirayotgan Bobur Tagiev mashg'ulotlarga zo'r bergan.
Hamyurtimiz mashg'ulotlar bilan bir qatorda vazn tashlashga ham alohida etibor qaratyapti. U qisqa muddat ichida 10 kg vazn tashladi. Tagiev aralash yakkakurash sport turidagi ikkinchi jangini 16 dekabr kuni World Turan Championship turniri doirasida amerikalik Jontey Makkovan (1-1)ga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Tagiev MMAdagi ilk jangini 20 avgust kuni AQSHda mezbonlar vakili Derek Reyesga qarshi o'tkazib, ilk raunddayoq texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar