So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

27 noy 11:23
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Boburiylar bunyod etgan dunyoning etti mo'jizasidan biri 2036 yilgi Olimpiya o'yinlari ramzi bo'lishi mumkin

Bu haqda "Times of India" nashri xabar tarqatdi.

Hindiston 2036 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritsa, dunyoning etti mo'jizasidan biri hisoblangan Toj Mahal Olimpiya o'yinlarining ramzlaridan biriga aylanishi ehtimoldan yiroq emas. 

Toj Mahal majmuasi joylashgan Agra shahri Olimpiya o'yinlarining musobaqa va tadbirlari o'tkaziladigan mamlakatdagi 3 ta yirik shaharlardan biri bo'lishi belgilanmoqda. Bu, Hindiston to'rt yillik o'yinlarni tashkil etish bo'yicha o'z poziciyasini mustahkamlaganini anglatmoqda.

Hindiston 2036 yilgi Olimpiada o'yinlariga mezbonlik qilish arizasini Xalqaro Olimpiya qo'mitasining (XOQ) Kelajakdagi mezbonlar komissiyasiga joriy yil oktyabr oyida taqdim etgandi. Dastlab 132 ming o'rinli Narendra Modi stadioniga ega Ahmadobod va mamlakatning moliyaviy markazi Mumbay Olimpiada tadbirlari o'tadigan asosiy shaharlar sifatida ko'rsatilgandi. Endi ular safiga Hindiston ramzi sanaladigan Toj Mahal yodgorligiga ega Agra ham qo'shilishi mumkin. Dunyoning etti mo'jizasidan biri – Toj Mahalni 2036 yilgi Olimpiya o'yinlari ramziga aylantirish say-harakati amalga oshsa, bu nafaqat Hindiston madaniy merosini, balki ulug' bobokalonlarimiz temuriylar, boburiylarning boy merosi, qadriyatlari jahon miqyosida ulug'lanishiga ham xizmat qilishi bilan qadrlidir.

Aytish lozim, 2036 yilgi Olimpiya o'yinlarini qabul qilish borasida Hindiston harakati Tokio olimpiadasidan avval boshlangan bo'lib, rasman 2023 yili Mumbay shahrida o'tgan Xalqaro olimpiya qo'mitasining 141-sessiyasida elon qilindi. O'tgan yillar davomida Hindiston olimpiya associaciyasi bu borada XOQ bilan bir necha bor strategik muhokamalar o'tkazdi. Hozirda 2036 yilgi yozgi Olimpiya o'yinlarini qabul qilishga Indoneziya, Turkiya va CHili davlatlari nomzod sanaladi. XOQning 2036 yilgi Olimpiadani qabul qiladigan mamlakat haqidagi qarori 2025 yildan keyin qabul qilinadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing