03 mar 17:52
Yangiliklar
Sport kurashlari

Boburjon Berdiyorov AQSHda NJCAA turniri sovrindori bo'ldi
Bugungi kunda AQSH universitetlarida tahsil olib, oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqalarda g'olib va sovrindor bo'layotgan erkin kurashchilarimiz soni tobora ortib bormoqda.
Ana shunday polvonlarimizdan biri Boburjon Berdiyorov hisoblanadi. 2000 yilda tug'ilgan kurashchimiz ikki yildirki, AQSHda oliy o'quv yurtlari, shuningdek, boshqa nufuzli musobaqalarda muntazam ishtirok etib, g'olib va sovrindorlar safidan joy olib kelmoqda.
Jumladan, u kuni kecha Amerika chempionati (NJCAA)da ham shohsupaga ko'tarildi. Berdiyorov yoshlar o'rtasida uch karra chempion hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar