01 mar 13:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogachukning keyingi raqibi qachon elon qilinishi aytildi
WBC tashkiloti super yarim o'rta vazndagi ukrainalik bokschi Sergey Bogachuk uchun keyingi rejalarini 22 mart kungi boks oqshomidan keyin elon qiladi.
Mazkur turnirning markaziy jangi super yarim o'rta vaznda WBC va WBO yo'nalishlari chempioni Sebastyan Fundora va CHordeyl Buker o'rtasida kechadi. WBC'ga ko'ra, Bogachukning raqibi shu jang yakuniga ko'ra malum bo'ladi.
Aslida, Sergey WBC Interim chempioni Virjil Ortis va WBA sobiq chempioni Isroil Madrimov jangi g'olibiga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Yodingizda bo'lsa, bu bahsda Ortisning qo'li baland kelgandi.
Havola :
Manba : WBC
Fikrlar