04 dek 13:57
Yangiliklar
Bogdan Guskov Blaxovich bilan jang haqida: "Menga 7 yoki 8-o'rindagi jangchilarni berishsa kerak deb o'ylagandim"
Ushbu turnir doirasida hamyurtimiz Bogdan Guskov sobiq chempion, polshalik Yan Blaxovichga qarshi jang qiladi.
Sportchimiz ushbu turnir oldidan matbuot anjumanida savollarga javob qaytardi.
-Albatta so'nggi jangingdan keyin yanada kuchliroq raqibga qarshi jangni istagansan. Ammo Yan Blaxovichdek katta nomni olish xayolingga kelganmidi? Odatda jangchilar uni mag'lub etgandan so'ng, kuchli beshlikka kirib olishlari mumkin bo'ladi.
- To'g'risini aytsam, turli nomlar haqida o'ylagandim. Ammo Yan Blaxovich men uchun haqiqiy "syurpriz" bo'ldi. Menga 7 yoki 8-o'rinda turgan jangchilarni berishsa kerak deb o'ylagandim. Ammo Yanni berishdi. Bu men uchun katta imkoniyat. Umid qilamanki, barchasini uddalay olaman.
Malumot uchun, Yan Blaxovich hozirda yarimog'ir vazn toifasida 5, Guskov esa 11-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar