25 okt 17:33
Yangiliklar
Bogdan Guskov jamoadoshi Jonni Uoker bilan jangiga ilk bor munosabat bildirdi
U 2025 yil 17 yanvar kuni tashkil etiladigan UFC 311 turniri doirasida braziliyalik jamoadoshi Jonni Uoker bilan to'qnash keladi.
"Jonni Uoker Top reytingda, men ham u kabi yuqoridaman. Ertami yoki kech, biz baribir jang qilardik. SHunchaki jang erta amalga oshadigan bo'ldi. U kuchli o'ntalikda, men esa o'n beshtalikka kirganman. Meni o'ntalikka kirish qiziqtiradi, u esa mag'lubiyatli seriyasini yopishni istaydi. SHuning uchun ertami, kechmi amalga oshishi kerak bo'lgan jang edi.
Biz Uoker bilan jang xaqida gaplashdik. Bu sport ekanligi, jangda kim kuchli ekanligini aniqlab olish uchun ham rozi bo'ldik. Jangdan keyin dushman bo'lib qolmaymiz. O'rtamizdagi munosabatlar yaxshi, hech qanday muammo yo'q. Jismoniy tomonlama jangga tayyorman. Faqat ruhiy jihatdan ozgina ishlashim kerak", dedi Guskov.
Fikrlar