04 iyu 17:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Bogdan Guskov Nikita Krilovni qanday mag'lub etmoqchi ekanligini aytdi
UFC jangchimiz Bogdan Guskov 26 iyul kuni Abu-Dabida ukrainalik Nikita Krilovga qarshi jang qiladi.
Sportchimiz ushbu jang haqidagi savolga javob qaytardi.
- Nikitani nechinchi raundda mag'lub etmoqchisiz?
- Uch raundlik to'qli jangga tayyorgarlik ko'ryapman. Nokaut haqida o'ylamayapman. Bunday narsalar kutilmaganda sodir bo'ladi. Agar buni rejalashtirsang, barchasi buzilib ketishi mumkin. Men uch raundlik jangga tayyorman. Asosiysi g'alaba va bu mening asosiy maqsadim, - dedi Guskov olamsport.com sayti muhbiri Aziz To'xtamurodov bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar