08 may 13:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Bogdan Guskov SHon Striklend bilan sparring haqida gapirdi
O'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskov o'rta vazn toifasining sobiq chempioni SHon Striklend bilan o'tkazgan sparringlari haqida gapirdi.
"Tayyorgarlikda SHon mening asosiy sparring hamkorim bo'ldi. Biz 40 yoki 50 raund o'tkazdik. Unga mening uslubim yoqdi, menga uning uslubi yoqdi. U bosim qila oladi, men ham raqibga bosim qilishni yoqtiraman.
Bu boshqacha eshitilishi mumkin, ammo birinchi raundda uning jigariga yo'l topdim. U esa oddiy yigit, kibr yo'q. U oldimga kelib, faoliyatida bunaqasi ilk bor bo'layotganini tushuntirdi.
Xullas, anchadan beri unga bunday zarba berishmagandi. Ammo, keyin men qancha harakat qilmay, shundan so'ng bunaqasi bo'lmadi", - dedi Guskov.
Havola :
Manba : Матч ТВ
Fikrlar