09 sen 21:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks 2028 yilgi Olimpiada dasturiga kiritilmadi
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi boksni 2028 yilgi Olimpiada sport turlarining dastlabki ro'yxatiga kiritmadi.
XOQ IBA rahbari Umar Kremlyov nomiga yuborilgan maktubda federaciyadagi islohotlarda muammolar borligi va boks 2028 yilgi Olimpiada dasturiga hozircha kiritilmasligini malum qilgan.
"Boks hozirda 2028 yili Los-Anjelesda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilmagan", - deyiladi xatda.
May oyida IBA prezidentligi uchun o'tkazilgan saylovda nederlandiyalik Boris van der Vorst saylovdan chetlatilgandi va bu jarayonga XOQ o'z etiborini qaratgan.
25 sentyabr kuni Erevanda IBAning navbatdan tashqari Kongressi o'tkaziladi va unda Umar Kremlyov va van der Vorst yana rahbarlik lavozimi uchun kurashadi.
Havola :
Fikrlar