So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

30 apr 23:15
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha jahon chempionati uchun qura tashlandi, hamyurtlarimizga kimlar raqiblik qiladi?

Ertaga boks bo'yicha kattalar o'rtasida yigirma ikkinchi jahon chempionati start oladi.

Bugun ushbu chempionat uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

- 48 kg: SHodiyorjon Meliqo'ziev JCHdagi ishtirokini saralash bosqichidan boshlaydi, unga nepallik Tara raqiblik qiladi. Ushbu jangda g'alaba qozongan taqdirida, hamyurtimiz qozog'istonlik tajribali Sanjar Tashkenbay bilan to'qnash keladi.


- 51 kg vaznda Hasanboy Do'smatov ham o'z ishtirokini saralashdan boshlaydi, unga birinchi bo'lib meksikalik Kastenada Ximenes raqiblik qiladi.


Yana bir bokschimiz, - 54 kgdagi Oybek Jo'raev nimchorak final bosqichida ringga chiqadi, u mazkur vaznda ettinchi raqamda tasniflangan serbiyalik tajribali Tamir Galanov bilan jang qiladi.


- 57 kgdagi hamyurtimiz Abdumalik Xalakov esa ishtirokini nimchorak finalda boshlaydi, u gvineyalik Alikok va turkmanistonlik Giljanov bahsi g'olibiga qarshi ringga chiqadi.


Mujibillo Tursunov esa - 60 kgdagi ishtirokini saralash bahsidan boshlaydi, u ilk jangini hindistonlik Singh Varinderga qarshi o'tkazadi. Jang ertaga o'tkaziladi.

63, 5 kg vaznda o'zbekistonlik bokschi Ruslan Abdullaev ham 1/16 finaldan janglarga qo'shiladi, unga puerto-rikolik Febus raqiblik qiladi.


Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa - 67 kgda nimchorak finaldan janglarga qo'shiladi. U yaponiyalik Muka Vakita va polshalik Szot o'rtasidagi jang g'olibi bilan to'qnash keladi.


- 71 kg. Saidjamshid Jafarov saralashda mozambiklik Muxangaga qarshi jang qiladi. G'olib bo'lgan taqdirda hamyurtimiz vaznning uchinchi raqamli jangchisi, meksikalik Alvares Verde bilan to'qnash keladi.


- 75 kg. Eng yosh bokschimiz Aloxon Abdullaev o'z ishtirokini nimchorak finalda boshlaydi. U xitoylik Jaoga qarshi jang qiladi.

- 80 kg. Jasur Yo'ldoshev saralash bahsida jazoirlik Nemochi bilan to'qnash keladi.


- 86 kg. "Yoqimtoy" bokschimiz — SHohjahon Abdullaev saralash jangida afrika vakili Nlandu Mbeliga qarshi ringga chiqadi.

Og'ir vazn toifasidagi hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov nimchorak finalda kolumbiyalik Kolorado Urtado bilan to'qnash keladi.

Musobaqaning superog'ir vazn toifasida 3-raqamli deya tasniflangan Bahodir Jalolov ishtirokini nimchorak final bosqichidan boshlaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing