04 dek 20:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha O'zbekiston chempionatini qaysi telekanal translyaciya qiladi?
Boks bo'yicha Respublika birinchiligi qaysi telekanal tomonidan namoyish etilishi malum.
Xabaringiz bor, 8-14 dekabr kuni Toshkentda boks bo'yicha erkalar hamda ayollar o'rtasida O'zbekiston chempionati o'tkaziladi. Mazkur chempionat "UzReport" telekanali tomonidan namoyish qilinadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston birinchiligi taekvondo WT associaciyasidagi «Universal» sport majmuasida bo'lib o'tadi.
Bahslarda 400 nafardan ortiq bokschi ishtirok etishi kutilmoqda.
Malum bo'lishicha, bungacha musobaqa "Sport TV" orqali namoyish etilishi rejalashtirilgan, bahslar translyaciyasi xatto telekanalning dasturlariga ham kiritilgan. Ammo kuni kecha musobaqa "UzReport" orqali namoyish etilishi hal bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar