25 dek 12:36
Yangiliklar
Boks bo'yicha Qozog'iston chempionatida g'oliblar aniqlandi
Erkaklar o'rtasidagi mamlakat chempionatida Temirtas Jusupov (48 kg), Timur Kabdeshov (54 kg), Talgat Sirimbetov (60 kg), Ertugan Zeynullinov (63,5 kg), Torexan Sabirxan (67 kg), Sabirjan Akkalikov (71 kg), Timur Nurseitov (75 kg), Azamat Bektas (80 kg), Daniyar Raximberdiev (92 kg) va Nurlan Saparbay (+92 kg) o'z vazn toifalarida 2024 yilgi Qozog'iston chempioni bo'lishdi.
Etiborlisi, +92 kg vazn toifasi finaliga aka-uka Nurlan va Danial Saparbay etib kelishdi. Danial tabiiyki, akasiga qarshi ringga chiqishni istamadi. Nurlan oltin, Danial kumush medal bilan taqdirlandi.
Ayollar o'rtasida esa Nazim Kizaybay (48 kg), Alua Balkibekova (50 kg), Jayna SHekerbekova (54 kg), Karina Ibragimova (57 kg), Rimma Volosenko (60 kg), Jasmin Kizatova (66 k), Madina Nurshaeva (70 kg), Valentina Xalzova (75 kg), Nadejda Ryabec (81 kg) va Lyazzat Kungeybaeva (+81 kg) oltin medalga ega chiqdi.
Torexan Sabirxan (67 kg) va Nazim Kizaybay (48 kg) Qozog'iston chempionatining eng yaxshi erkak va eng yaxshi ayol bokschilari deb topildi. Astana shahri jamoasi 5 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.
Fikrlar