25 avg 13:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha Rossiya chempionatining sovrin jamg'armasi malum
30 sentyabrdan - 8 oktyabrgacha CHita shahrida kattalar o'rtasidagi boks bo'yicha Rossiya chempionati bo'lib o'tadi.
Rossiya boks federaciyasining 30 yilligi hamda Zabaykal o'lkasida boksning 100 yilligi nishonlanadigan ushbu turnirda 60 ta hududdan 300 nafardan ziyod mamlakatning eng yaxshi bokschilari ishtirok etadi. Turnirning umumiy sovrin jamg'armasi 26 million rublni tashkil qiladi.
Rossiya chempionati-2022 g'oliblari 1,5 million rubl, kumush medal sohiblari — 250 ming rubl, bronza — 125 ming rubl oladi. Bellashuvlar 13 ta vazn toifasida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : allboxing
Fikrlar