So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

14 dek 13:08
Yangiliklar

Boks/MMA

Boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz - 3 ta oltin edi"

Boks bo'yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Viktor Farxutdinov shogirdlarining BAAning Dubay shahrida yakuniga etgan IBA Jahon chempionatidagi ishtirokini tahlil qildi.

"Birinchi navbatda jamoamizga - murabbiylar shtabiga, barcha mutaxassislarga, shifokorlarga, massajchilarga, Rossiya boks federaciyasiga, yonimda bo'lgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Tayyorgarlik uzoq va jiddiy bo'ldi. Ehtimol, men Rossiya va Sovet boksi tarixida birinchi marta murabbiylar tarkibiga yordam berishga, sekundantlik qilishga ruxsat berdim. Agar biror narsa qo'shadigan bo'lsam, suhbatlarga unchalik aralashmasdim. Ishtirokchilar tarkibi turnirda eng kuchli edi. Butun jamoaga rahmat, biz katta ish qildik, jamoaviy hisobda birinchi o'rinni egalladik. Turnir oldidan uchta oltin vazifasi majburiyatini olgandim. Etmay qolgandan ko'ra ko'proq olish kerak degandim.

Hamma munosib ishtirok etdi, butun jamoa final va yarim finalga chiqdi. Jamoa sardori Muslim Gadjimagomedov sovet va rus boksi tarixidagi birinchi uch karra jahon chempioni bo'ldi. Jamoamizdagilarning aksariyati yoshlar edi, men butun jamoani, barcha chempionlarni bilardim. Doim shunday qilaman - inson Rossiya chempionatida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi, u jahon chempionati va Evropa chempionatiga borishga loyiq. Faqat qo'pol qoidabuzarlik yoki kimdir betob bo'lib qolsa, o'zgartirish kiritishimiz mumkin. Hamma tayyor holda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Juda mamnunman", - dedi Farxutdinov.

Malumot uchun, Rossiya terma jamoasi 13 ta vaznning barchasida medal qo'lga kiritdi. O'n ikki bokschi bilan finalda qatnashgan ruslar 7 ta vaznda chempion bo'lishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

   
14 dek 15:16:30
Тож
Нечтасини қулоғидан тортиб финалгача чиқардинглар? Жуда уятли бўлганлариям бор. Шу жойига қойил қолмадик. Мукофот пулини ярми сизларники, эвазига қатнашманглар.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing