27 mar 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA, Osiyo o'yinlari
Boks bo'yicha Yaponiya terma jamoasi murabbiyi rossiyaliklarning Osiyo o'yinlarida ishtirok etishiga qarshi chiqdi
Xiyama Sigeru rus va belarus sportchilarining Osiyo o'yinlari musobaqasida ishtirok etishiga qarshi bo'lmoqda.
Boks bo'yicha Yaponiya ayollar terma jamoasi murabbiyi Xiyama Sigeru Osiyo o'yinlariga Rossiya va Belarus sportchilarini taklif etish g'oyasini qo'llab-quvvatlamaydi.
"Rossiya va Belarus Evropa davlatlari. SHundan kelib chiqib, nega ular Osiyoda raqobatlashishlari kerakligini tushunmayapman. Osiyo davlatlari boksda kuchli. Bizda O'zbekiston, Hindiston bor. Bu masala bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tadi va biz bunday harakatga qarshi chiqamiz", - deya Sigeruning so'zlarini keltiradi Hindustan Times nashri.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar