14 okt 09:10
Yangiliklar

Boks. Minskdagi turnirning ilk kunida 4 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat
Musobaqada O'zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishlari haqida avvalroq xabar qilgandik.
Kecha musobaqa doirasida 6 nafar bokschimiz jang qildi.
Unga ko'ra, 4 nafar bokschimiz g'alaba qozongan bo'lsa, 2 bokschimiz imkoniyatni boy berib qo'ydi.
-75 kg vaznli bokschimiz Login Petrov mezbon Igor Zayacni birinchi raunddayoq nokautga uchratib, keyingi bosqichga yo'l oldi!
Yana bir -75 kg vaznli hamyurtimiz Nurislom Ismoilov Belarusda o'tkazilayotgan musobaqada mezbon Andrey Puxovichni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Mirzabek Mirzahalilov (-56 kg) raqibining jarohati sabab jangsiz kelasi bosqichga yo'l oldi.
Sirojiddin Xojakmetov (-69 kg) belaruslik Dmitriy Polyakovni 5:0 hisobida mag'lub etdi.
Amirshoh Samadov (-91 kg) rossiyalik Ramazan Xanapievga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Jahongir Zokirov (+91 kg) esa rossiyalik Ivan Onischenkoga 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Login Petrov va Nurislom Ismoilov kabi bokschilarimiz g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qilishgandi.
Fikrlar