So’nggi yangiliklar

18:28Шахмат. Ўзбекистон дунё рейтингида яна бир поғона юқорилади 0 17:45WBO рейтинги янгиланди: 5 нафар боксчимиз ТОП-15'да қайд этилди, энг яхши ўрин Исроил Мадримовда 0 17:12Бразилиядаги ўйин вақтида 15 ёшли футболчи отиб ўлдирилди 0 16:30“Усман Топурияни тўрт раунд ичида тўхтатади” - менежер 0 15:48"Ислам учун бу узоқ тун бўлиши мумкин" - эксперт Махачев - Гарри жанги ҳақида гапирди 0 15:12Тожикистонлик спортчи Бенеил Дариушни жангга чорлади 0 14:30ФИФА атрофида машмаша: Инфантино 30 миллион долларлик маошни кўзлаган 0 13:56Махачев: "Мени мағлуб этиш мумкин, аммо…" 0 13:28Гулруҳбегим Тохиржонова "Granada Chess Open 2026" турнири ғолибига айланди 0 12:43WBA рейтинги янгиланди: икки боксчимиз ўз вазнида етакчи, Абдуллаев илк бор рейтингга кирди 0 12:11"Реал"нинг янги трансфери барбод бўлиш мумкин. Нега? 0 11:25WBO Бектемир Мелиқўзиевнинг вазнига ўтган Жанибек Алимханулини рейтингининг юқори поғонасига жойлади 0 10:49Акбар Исломбоев LFA 240 турнирида жанг қилади. Рақиб аниқ (ПОСТЕР) 0 10:10Синдаров Grand Chess Tour: Saint Louis Rapid & Blitz 2026 пешқадамлар сафида 0 09:44Суперлига. Бугун бизни 3 та қизиқарли учрашув кутмоқда 0

16 apr 15:53
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Boks. Osiyo chempionatida Qozog'iston va O'zbekiston bokschilari o'rtasidagi principial qarama-qarshiliklar

19 aprelda Tailandda boks bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.

Qozog'iston terma jamoasi deyarli eng kuchli tarkibini Osiyo chempionatiga olib bormoqda. Jamoaning chemponatidagi eng asosiy raqibi O'zbekiston terma jamoasi hisoblanadi. O'tgan Osiyo chempionatida O'zbekiston o'z uyida barchani  hayron qoldirib, to'qqizta oltin medalni qo'lga kiritdi. Lekin, O'zbekiston terma jamoasining tarkibi deyarli to'liq yangilandi. Qozog'istonliklar ham Rio-2016dan keyin tarkibda katta o'zgarish qildilar. 


O'zbekiston  tarkibi:

- 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov           

- 52 kg: Hasanboy Do'smatov                 

- 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov       

- 60 kg: SHukurjon Rahimov                

- 64 kg: SHunqor Abdurasulov           

- 69 kg: BoboUsmon Boturov             

- 75 kg: Isroil Madrimov                     

- 81 kg: Dilshodbek Ro'zmatov                

- 91 kg: Sanjar Tursunov                      

+ 91 kg: Bahodir Jalolov

O'tgan chempionatda ishtirok etganlardan bor-yo'g'i Do'smatov, Madrimov va Jalolov qoldi. Etiborlisi, ulardan ikki nafari allaqachon professional boksda ishtiroklarini boshlab yuborishgan. 24 yoshli Jalolov profida 6 ta jang o'tkazib, raqiblarining barchasini nokaut qilgan bo'lsa, Madrimov ikkita jang o'tkazgan. Terma jamoaning asosiy yulduzi - Olimpiada chempioni Hasanboy Do'smatov hisoblanadi. 

Qozog'iston tarkibi:

-49 kg: Temirtas Jusupov

-52 kg: Anvar Muzapparov

-56 kg: Qayrat Eraliev

-60 kg: Zakir Safiullin

-64 kg: Sanatali Toltaev

-69 kg: Aslanbek SHimbergenov 

-75 kg: Tursinbay Kulaxmet

-81 kg: Bek Nurmaganbet

-91 kg: Vasiliy Levit 

+91 kg: Kamshibek Ko'nkabaev


Vasiliy Levit - Sanjar Tursunov

Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Olimpiada sovrindori Levit raqibini mag'lub etib, O'zbekistonning barcha oltin medalni olishiga yo'l qo'ymagandi. Levit ikki yil muqaddam o'zbekistonlik bo'lmagan yagona Osiyo chempioni bo'lgan. Bu Osiyo chempionatida Sanjar raqibidan revansh olishga erishadimi yoki Levit to'rtinchi oltin medalini qo'lga kiritadimi? Buni esa Osiyo chempionatida kuzatamiz.


Kamshibek Ko'nkabaev - Bahodir Jalolov

Jahon chempionati kumush medal sohibi Kamshibek Jalolovga ikki yil muqaddam finalda imkoniyatni boy bergandi. Kamshibekning asosiy maqsadi Olimpiadaga tayyorgarlik bo'lsa, Bahodirning Olimpiya o'yinlariga borishi hali aniq emas. Toshkentdagi finalda mag'lub bo'lgandan so'ng Kamshibek Bahodirning taktikasini yaxshi o'rganganligini, lekin unga qarshi kurasha olmaganini tan olgandi. Ikki yil avvalgi omadsizlikni qozog'istonlik sportchi Bangkokda muvaffaqiyatga aylantira oladimi? Agar bu ikki bokschi yana ringda to'qnash kelishsa, so'zsiz bu turnirning bezagi bo'ladi.


Aslanbek SHimbergenov - BoboUsmon Boturov

Olimpiadadan so'ng Qozog'iston yulduzi Daniyar Eleusinov professional boksga o'tib ketdi. Daniyarning raqibi SHahram G'iyosov ham hozirda faoliyatini profida davom ettirmoqda. Qozog'istonning bu vazndagi yana bir kuchli bokschisi Ablayxan Jusupov ham jarohat tufayli Tailandga bormadi. SHu boisdan Qozog'iston sharafini Aslanbek SHimbergenov himoya qiladi. Uning asosiy raqibi Boturov oxirgi oltita O'zbekiston chempionatida uzluksiz medal olmoqda, ulardan ikkitasi oltin hisoblanadi. SHimbergenov ham ancha tajribali bokschi. Qozog'iston chempioni va ikki marta Osiyoning eng yaxshi bokschisi (WSB  talqinida). Bu ikki bokschi Osiyo o'yinlari finalda jang qilishgan va o'shanda Boturov oltin olgandi. Bangkokda revansh bo'ladimi yoki yo'q?


Tursinbay Kulaxmet - Isroil Madrimov

Yana bir qiziqarli jang bo'lishi mumkin. Tursinbay ancha kuchli va tajribali bokschi. Madrimovga esa ortiqcha tarif berish shart emas. Professional boksdagi ikkinchi g'alabasidan so'ng uni muxlislar «Monstr» deb atashni boshlashdi. Ikki yil muqaddam Madrimov boshqa bir qozoq bokschisi Abilxan Amanquluni mag'lub etgandi. Lekin, Kulaxmetning o'z rejalari bo'lsa kerak raqibga nisbatan. Agar bu duellar orasida eng qizig'i Kunkabaev – Jalolov jangi bo'lsa, ikkinchisi eng qiziq jang so'zsiz Kulaxmet – Madrimov qarama-qarshiligi bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha Osiyo chempionati 19-26 aprel kunlari o'nta vazn toifasida Tailand poytaxti Bangkok shahrida bo'ladi.


vesti.kz saytidan Nig'monxo'ja Nozimov tarjimasi

Reyting: +2   

Fikrlar

   
16 apr 19:54:41
Jalol Axmedov
ha vestidan omay shunaqa maqolalarni saytla nimaga chiqarmediya. Nimaga ular bizdan omedi?
   
16 apr 17:33:32
Dilshot Solihov
KING RING foydalanuvchining fikriga javob berish
Bu juftliklar qatoriga Mirzahalilov vs Eraliyeva bazasini ham qoʻshgan boʻlardim. Chunki qayrat eraliyevni Mirzahalilov ikki bir magʻlubiyatga uchratgan.
Manimcha Qayrat yarim finalgacha bormasakere.
   
16 apr 17:00:04
Boburbek Mirzakhamdamov
Bular haqida bir ogʻiz fikr bildirish juda qiyin. Lekin menga 91 va + 91 75 kglar oʻrtasidagi janglar tashkil boʻlsa zoʻr bolardi! Hamma bokschilarimizga omad tilayman
   
16 apr 16:52:45
KING RING
Mirzahalilov & Eraliyev baxsi. Xato ketib qolibdi
   
16 apr 16:51:30
KING RING
Bu juftliklar qatoriga Mirzahalilov vs Eraliyeva bazasini ham qoʻshgan boʻlardim. Chunki qayrat eraliyevni Mirzahalilov ikki bir magʻlubiyatga uchratgan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing