06 mar 15:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. O'zbekiston licenzion turnirdagi ilk yo'qotishga uchradi
Italiyaning Busto-Arcizio shahrida boks bo'yicha Parij Olimpiadasi uchun licenziya taqdim etuvchi turnir o'tkazilmoqda.
Musobaqada ayollar o'rtasidagi bahslarda -60 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Rayhona Qodirova bugun turnirdagi ikkinchi jangini o'tkazdi. Unda Rayhonaga germaniyalik Maria Ganglbauer raqiblik qildi. To'liq davom etgan bahsda Qodirova afsuski imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Eslatib o'tamiz, Rayhona Qodirova kecha ilk jangida ispaniyalik raqibasini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar