05 sen 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Qatar o'z tarixida ilk bor medal qo'lga kiritdi
Qatarlik bokschi tarixda ilk bor o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida medal qo'lga kiritdi.
Al Aynda o'tkazilayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Faris Ali al Tani sovrindorlar qatoridan o'rin oldi.
U 80 kg vazn toifasida chorak finalda g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi va bronza medalini naqd qildi.
Bungacha Qatar bunday musobaqalarda umuman medal qo'lga kiritmagandi.
"16 yoshli istedod ushbu tarixiy natijasi bilan mamlakatiga medal taqdim etdi", - deyiladi Osiyo boks konfederaciyasi matbuot xizmati xabarida.
Havola :
Manba : ASBC
Fikrlar