06 fev 12:58
Yangiliklar

Boks qirolichasi kamarlarni birlashtirishda davom etmoqda
Oqshom doirasidagi qiziqarli jangda ikki karra Olimpiada chempioni, ayollar o'rtasida mutlaq jahon chempioni Klarissa SHilds Em Kozinga qarshi ringga ko'tarildi. O'rta vazn toifasida WBC, WBA va IBF chempionlik kamarlari uchun kechgan jang to'liq davom etdi.
SHildsning to'liq ustunligida o'tgan jang yakunida hakamlar 100-90, 100-90, 100-90 hisobidagi g'alabani chempionga taqdim etishdi. Klarissa SHilds bundan avvalgi jangini MMA qoidalari asosida o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi.
Katta ehtimol bilan endi SHilds o'rta vaznda WBO yo'nalishi chempioni, britaniyalik Savanna Marshallga qarshi o'tkazadi. Aynan Marshall havaskor boksda Klarissaga uning faoliyatidagi yagona mag'lubiyatni taqdim etgan.
Fikrlar