28 mar 00:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks. Rio Olimpiadasi chempioni yutqazib qo'ydi
Ekaterinburg shahrida professional boks oqshomi yakunlandi.
Ushbu jang oqshomi davomida Rio Olimpiadasi chempioni Evgeniy Tishenko JAR vakili Tabiso Mchunuga qarshi ringga ko'tarildi. Jang birinchi og'ir vazn toifasida WBC kamari uchun saralash maqomida edi.
To'liq davom etgan bahsda 119-109, 117-111 va 117-111 hisoblarida Mchunu g'alaba qozondi va WBC Silver kamari sohibiga aylandi.
Bu 29 yoshli Tishenko uchun professional boksdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar