10 mar 00:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Boks. Ruslan Abdullaevdan navbatdagi g'alaba. Licenziya yo'lida bittagina jang qoldi
Italiyaning Busto-Arcizio shahrida boks bo'yicha Parij-2024 Olimpiadasi uchun licenzion turnir davom etmoqda.
Jahon chempioni Ruslan Abdullaev Italiyada o'tayotgan licenzion turnirda yorqin janglari bilan ko'plab mutaxassislarning etiborida turibdi. -63.5 kg vazn toifasidagi bahslarni o'z janglari bilan bezab berayotgan Abdullaev uchinchi davrada kosovolik SHpetim Bajukuni mag'lubiyatga uchratdi. Ahamiyatlisi, ushbu hamyurtimiz ham yana bir g'alabani qo'lga kiritsa, Parij-2024 yo'llanmasini naqd qiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar